Toshkent tumanlaridan birining aholisi gazsiz qoladi

Toshkent tumanlaridan birining aholisi gazsiz qoladi
Bugun, 21 oktyabr kuni Toshkentning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi hovlilar va koʻp qavatli uylarda gaz vaqtincha oʻchiriladi. Cheklovlar, shuningdek, oltita yirik isteʼmolchiga ham taʼsir qiladi.
«Xududgaz Poytaxt» matbuot xizmati xabar berishicha, uzilish gaz quvurini xavfsiz joyga koʻchirish bilan bogʻliq. Gaz yetkazib berish «Hamid Olimjon» mahallasining Oqqoʻrgʻon koʻchasida soat 10:00 dan 17:00 gacha toʻxtatiladi.
30 ta hovli va 660 ta xonadondan iborat 12 ta koʻp qavatli uy aholisi, shuningdek, oltita yirik isteʼmolchi gazsiz qoladi.
Taʼmirlash ishlari yakunlangach, gaz taʼminoti bosqichma-bosqich tiklanadi. Kompaniya vaqtinchalik noqulayliklar uchun aholidan uzr soʻradi.

