Toshkentning ikkita koʻchasida avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi — xarita

Toshkentning ikkita koʻchasida avtomobillar harakati vaqtinchalik cheklanadi — xarita
20 sentyabr kuni Toshkentdagi ikkita koʻchaning ayrim qismlarida transport harakati vaqtinchalik cheklanadi.
Cheklovlar poytaxtning turistik salohiyatini xalqaro miqyosda targʻib qilishga qaratilgan yirik kinoloyiha doirasidagi suratga olish ishlari munosabati bilan joriy etiladi.
Harakat soat 10:00 dan 16:00 gacha quyidagi hududlarda cheklanadi: Zarafshon koʻchasi — Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasining nazorat-oʻtish joyidan Mustaqillik shohkoʻchasigacha; Istiqlol koʻchasi — Amir Temur shohkoʻchasidan Buyuk Turon koʻchasigacha.
Haydovchilarga yoʻnalishlarini oldindan rejalashtirish va muqobil yoʻllardan foydalanish tavsiya etiladi.

