Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklanadi

Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklanadi
16-sentyabr kuni Toshkentda ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha to‘liq cheklanadi.
Bunga poytaxt turizm salohiyatini xalqaro miqyosda targ‘ib etishga qaratilgan yirik kino loyihasi doirasidagi tasvirga olish ishlari sabab qilib ko‘rsatildi.
Cheklov soat 09:00 dan 16:00 gacha quyidagi hududlarda amal qiladi:
Zarafshon ko‘chasi — Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasining nazorat-o‘tkazish punktidan Mustaqillik shohko‘chasigacha;
Istiqlol ko‘chasi — Amir Temur shohko‘chasidan Buyuk Turon ko‘chasigacha.
Haydovchilarga safar yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish va muqobil yo‘llardan foydalanish tavsiya etildi.

