Mahalliy

Toshkentning ikki tumanida kechgacha gaz oʻchiriladi

Toshkentning ikki tumanida kechgacha gaz oʻchiriladi

Bugun, 15 oktyabr kuni Toshkentning Mirzo Ulugʻbek va Uchtepa tumanlarida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Cheklovlar gaz quvurlarini xavfsiz joylarga koʻchirish bilan bogʻliq.

"Hududgaz Poytaxt" filiali matbuot xizmati xabariga koʻra, Mirzo Ulugʻbek tumanida ishlar "Alisherobod" mahallasining Milliy bogʻ koʻchasida olib boriladi. Ishlar olib borilayotgan vaqtda, soat 10:00 dan 17:00 gacha toʻqqizta mahallada: "Geofizika", "Alisherobod", "Jasorat", "Iqtidor", "Zakovat", "Chingeldi", "Geologlar", "Temuriylar" va "Ijodkor"da gaz oʻchiriladi.

Cheklovlar 4,5 mingdan ortiq hovli uylarga, 33 ta koʻp qavatli uydagi 960 ta xonadonga va 46 ta ulgurji isteʼmolchiga taʼsir qiladi.

Uchtepa tumanida ishlar "Nurobod" mahallasi hududida amalga oshiriladi. U yerda diametri 76 va 57 millimetr boʻlgan yer osti gaz quvurlarining uchastkalari aholi turar joylari va bolalar maydonchasidan uzoqda joylashgan xavfsiz joyga koʻchiriladi.

Gaz yetkazib berish soat 10:00 dan 19:00 gacha "Nurobod" va "Hamdoʻst" mahallalarida toʻxtatiladi. 70 ta hovli uy, koʻp qavatli binolardagi 1,3 mingta xonadon aholisi va 14 ta ulgurji isteʼmolchi vaqtincha gazsiz qoladi.

Taʼmirlash ishlari yakunlangach, gaz yetkazib berish bosqichma-bosqich tiklanadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.