Mahalliy

Toshkentning ikki tumanida elektr energiyasi vaqtincha oʻchirildi: manzillar roʻyxati eʼlon qilindi

Toshkentning Uchtepa va Bektemir tumanlarida 5 noyabr kuni elektr taʼminoti qisman oʻchirildi. Cheklovlar rejali taʼmirlash ishlari va elektr tarmoqlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bilan bogʻliq. Tuman hokimliklari maʼlum qilishicha, Uchtepa tumanida mutaxassislar elektr tarmoqlarida taʼmirlash ishlarini olib bormoqda. Soat 17:00 ga qadar quyidagi manzillar elektr energiyasiz qoldi: Bektemir tumanida mutaxassislar eski kabel tarmoqlarini yangisiga almashtirmoqda, […]

Toshkentning ikki tumanida elektr energiyasi vaqtincha oʻchirildi: manzillar roʻyxati eʼlon qilindi

5 noyabr kuni Toshkentning Uchtepa va Bektemir tumanlarida elektr energiyasi yetkazib berish qisman cheklandi. Oʻchirishlar rejali taʼmirlash ishlari va elektr tarmoqlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bilan bogʻliq.

Tuman hokimliklari xabariga koʻra, Uchtepa tumanida mutaxassislar elektr tarmoqlarida taʼmirlash ishlarini olib bormoqda.

Soat 17:00 gacha quyidagi manzillarda elektr energiyasi oʻchirilgan:

- «Koʻhna Choʻponota» mahallasi — TP-1861.

- «Koʻkcha Oqtepa» mahallasi — TP-1068. Bu yerda havo tarmogʻida SIP kabelini ulash ishlari bajarilmoqda.

Bektemir tumanida mutaxassislar eski kabel tarmoqlarini yangisiga almashtirmoqda, shuningdek, «Nurli yoʻl» fiderining 10 kVli havo tarmogʻida xavfsizlikni taʼminlash ishlarini olib bormoqda.

Soat 17:00 gacha quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha toʻxtatilgan:

- «Zabardast» mahallasi — Sohibkor va Yangihayot koʻchalari (qisman).

- «Musaffo» mahallasi — Nurafshon, Tafakkur, Charogʻon, Hislat va Sokin koʻchalari (qisman).

- «Nurli yoʻl» mahallasi — Yashil vodiy, A. Ikromov, Mehnatobod, Shodona, Amir Temur, Shodlik, Ziyoli, Bektemir shoh va Navbahor koʻchalari (qisman).

Taʼmirlash ishlarini yakunlash va elektr taʼminotini tiklash soat 17:00 gacha rejalashtirilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.