Toshkentning ikki tumanida tunga chiroq oʻchiriladi

Toshkentning ikki tumanida kechasi elektr energiyasi oʻchiriladi
Payshanba, 29 oktyabrga oʻtar kechasi Toshkentning ikki tumanida elektr energiyasi vaqtincha oʻchirilishi kutilmoqda. Bu haqda Toshkent hududiy elektr tarmoqlari matbuot xizmati xabar berdi.
Cheklovlar "Vistavochnaya" podstantsiyasidagi rejali taʼmirlash ishlari bilan bogʻliq. Elektr taʼminotidagi uzilishlar soat 01:00 dan 04:00 gacha kuzatiladi.
Ushbu vaqt oraligʻida Olmazor va Shayxontohur tumanlarining bir qator mahallalarida elektr energiyasi uzatilishi vaqtincha toʻxtatiladi. Jumladan, Olmazor tumanida "Quyosh", "Allon", "Chustiy", "Orzu", "Ziyo", "Universitet", "Chimboy" va "Zamondosh" mahallalarida elektr oʻchiriladi. Shayxontohur tumanida esa "Bogʻ koʻcha", "Yangi shahar", "Ilgʻor", "Zafarobod" va "Boʻston" mahallalari aholisi vaqtincha chiroqsiz qoladi.

