Layfstayl

Toshkentdan ochiq dengizga: kruiz sayohati oʻzbeklar uchun yangi taʼtil formatini taqdim etadi

Bir safarda bir nechta shahar koʻrish, dengizda uxlab-uygʻonish, mehmonxona almashtirmasdan har kuni yangi manzilga yetib borish. Ayni shunday imkoniyatlarni oʻzida jamlagan kruiz sayohatlari dunyoda ancha vaqtdan beri mashhur. Endi bu format Oʻzbekistonlik sayyohlar orasida ham qiziqish uygʻotmoqda. Malayziya esa kruiz safarini sinab koʻrish mumkin boʻlgan yoʻnalishlardan biri sifatida taklif etilmoqda.

Toshkentdan ochiq dengizga: kruiz sayohati oʻzbeklar uchun yangi taʼtil formatini taqdim etadi

Koʻpchilik taʼtil deganda mehmonxona, plyaj, dengiz yoki tarixiy shaharlarga ekskursiyalarni tasavvur qiladi. Kruiz esa bu imkoniyatlarning bir nechtasini yagona safarga jamlaydi. Sayyoh kemadagi kayutada yashaydi.

Kema manzillar orasida harakatlanadi, shu sababli turist har safar yukini yigʻib, yangi mehmonxona qidirishga majbur boʻlmaydi. Masalan, Malayziyadagi kruiz marshrutida Port-Klang, Penang va Langkavi kabi manzillarga borish mumkin. Bunda kema mehmonxona vazifasini ham bajaradi.

Xoʻsh, kruizning oddiy sayohatdan farqi nimada?

Mehmonxona ham siz bilan birga sayohat qiladi. Kruizning eng katta qulayligi shu. Oddiy sayohatda bir shahardan boshqasiga oʻtish uchun yuklarni qayta yigʻish, yangi mehmonxonaga joylashish va transport masalasini hal qilishga toʻgʻri keladi. Kruizda esa kayutangiz butun safar davomida oʻzgarmaydi. Kunduzi yangi manzilni tomosha qilasiz, kechqurun kemangizga qaytib, safarni davom ettirasiz. Shu jihatdan kruizni "suzuvchi mehmonxona" deyish mumkin: siz yangi shaharlarni kashf etasiz, mehmonxonangiz esa siz bilan birga harakatlanadi.

Kemada nima qilish mumkin?

Kema faqat uxlash uchun joy emas. Zamonaviy kruiz laynerlarida restoran va kafelar, basseyn, fitnes zallari, spa, turli shou va konsertlar, musobaqalar hamda boshqa koʻngilochar dasturlar boʻladi. Kimdir kun boʻyi basseynda dam olishni istaydi, boshqasi sport bilan shugʻullanadi, yana kimdir restoran yoki konsertga boradi. Yaʼni safar davomida "kemada zerikib qolaman" degan xavotir har doim ham oʻrinli emas.

Eng qizigʻi, esa ertalab uygʻonganingizda oyna ortida shahar emas, cheksiz dengizni koʻrishingiz mumkin.

Bir safarda uchta manzil

Malayziya kruizining eng samarali tomoni – bir safarda bir nechta joyni koʻrish imkoniyatida:

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.