Toshkentdagi uch yuzdan ortiq maktab smart-kameralar orqali oʻquvchilarning davomatini kuzatib boradi

Toshkentdagi uch yuzdan ortiq maktabda oʻquvchilarning davomati smart-kameralar yordamida nazorat qilinadi
Toshkent maktablarida «aqlli» kameralar yordamida oʻquvchilarning davomatini onlayn tarzda kuzatish imkonini beruvchi SI Davomat tizimini joriy etish davom ettirilmoqda.
Poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov tegishli farmoyishni imzoladi. 2027–2028 yillarda SI Davomat tizimi bilan poytaxtdagi 302 ta umumtaʼlim maktabini qamrab olish rejalashtirilgan.
Ushbu tashabbus maktablarga darslarga qatnashishni kuzatish va oʻquvchilarning ishtiroki toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni onlayn rejimda tahlil qilishga yordam beradi. Bu dars qoldirish holatlarini tezroq aniqlash va ularni kamaytirish choralarini koʻrish imkonini berishi kutilmoqda.
Sinov loyihasi Sergeli tumanidagi 26 ta maktabda allaqachon ishlamoqda — u yerda kameralar davomatni kuzatib boradi va maʼlumotlarni tizimga avtomatik ravishda uzatadi.

