Mahalliy

Toshkentdagi temperatura inversiyasi yana 10 kun saqlanib qolishi mumkin — Oʻzgidromet

Toshkentda temperatura inversiyasi yana 10 kun saqlanib qolishi mumkin. Bu havodagi chang va ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishini qiyinlashtiradi, deb ogohlantirdi Oʻzgidromet.

Toshkentda temperatura inversiyasi yana 10 kun saqlanib qolishi mumkin — Oʻzgidromet

Toshkentdagi atmosfer inversiyasi yana 10 kun davom etishi mumkin. Oʻzgidrometning bildirishicha, bu havoning ifloslanishini kuchaytiradi.

«Chang va ifloslantiruvchi moddalar atmosferaga uzluksiz tushib turadi. Shamol boʻlmaganda ularning tarqalishi qiyinlashadi. Yomgʻir esa oʻz navbatida havodagi chang zarrachalarining bir qismini yuvib tushiradi. Shamolsiz va yogʻingarchiliksiz davrlarda ifloslantiruvchi moddalar havoda toʻplanadi. Atmosfera inversiyasi esa ularning atmosferaning yuqori qatlamlariga tarqalishini yanada qiyinlashtiradi», — deyiladi xabarda.

Oʻzgidromet havo sifatini yaxshilash uchun bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini qayd etdi. Ular orasida shahardagi avtomobil yoʻllarini sugʻorish, issiqxonalarga filtrlar oʻrnatish, hududlarni koʻkalamzorlashtirish, qurilish maydonchalarida chang koʻtarilishining oldini olishni nazorat qilish va boshqa choralar bor. Bundan tashqari, issiqxona xoʻjaliklari va sanoat korxonalarida reydlar oʻtkazilmoqda.

20−27 oktyabr kunlari Toshkent va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida havo sifati yomonlashuvining asosiy sababi antitsiklon, shamolning susayishi va temperatura inversiyasi boʻldi, deb aniqladi Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti. Ushbu sharoitlar tabiiy chang hamda transport, sanoat va energetika tashlanmalarining toʻplanishiga yordam berdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.