Toshkentdagi Shahrisabz tor koʻchasida harakat cheklandi
Bugun, 9-oktabr kuni Toshkent shahar Mirobod tumanidagi Shahrisabz tor koʻchasida transport vositalari harakati soat 06:00 dan 18:00 gacha vaqtincha cheklanadi.

Toshkentdagi Shahrisabz tor ko‘chasida harakat cheklangan
Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu cheklov yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etilgan.
Haydovchilardan yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish va yondosh yo‘nalishlardan foydalanish so‘ralmoqda.

