Toshkentdagi Navoiy kutubxonasi yaqinidagi yer 10 yilga xususiy investorga beriladi
Toshkent markazida avtoturargoh, sport majmuasi va dam olish hududiga ega koʻp funktsiyali obʼyekt yaratish rejalashtirilmoqda. Loyihani amalga oshirish uchun Yunusobod tumanidagi «Qashqar» mahallasida, Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona orqasida joylashgan yer maydoni xususiy sherikka 10 yilga beriladi. Loyiha davlat-xususiy sheriklik formatida amalga oshiriladi. Yerdan foydalanish huquqini auktsion gʻolibi qoʻlga kiritadi. Avtoturargohdan tashqari, hududda vorkaut zonasi tashkil etish rejalashtirilgan, […]

Toshkentdagi Navoiy kutubxonasi yaqinidagi yer 10 yilga xususiy investorga beriladi
Toshkent markazida avtoturargoh, sport majmuasi va dam olish zonasi boʻlgan koʻp funktsiyali obʼyekt yaratish rejalashtirilmoqda. Loyihani amalga oshirish uchun Yunusobod tumanidagi «Qashqar» mahallasida joylashgan, Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona orqasidagi yer uchastkasi 10 yilga xususiy sherikka beriladi.
Loyiha davlat-xususiy sheriklik formatida amalga oshiriladi. Yerdan foydalanish huquqini auktsion gʻolibi qoʻlga kiritadi.
Avtoturargohdan tashqari, hududda vorkaut zonasi, bolalar maydonchasi, kafe yoki boshqa umumiy ovqatlanish shoxobchasi, velosiped yoʻlagi, piyodalar zonasi, savdo obʼyektlari va sport majmuasini joylashtirish rejalashtirilgan. Oxirgisi metall profil va shaffof shishadan yasalgan yengil, tez quriladigan konstruktsiyalardan iborat boʻlishi kerak.
Uchastkada kapital qurilish taqiqlanadi. Faqat kapital boʻlmagan, tez qismlarga ajratiladigan va demontaj qilinadigan konstruktsiyalarni, shuningdek, zarur uskunalarni — videokuzatuv kameralari, terminallar, navigatsiya belgilari va toʻsiqlarni oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda mavjud daraxtlar saqlab qolinishi kerak. Xususiy sherik, shuningdek, hududga yangi daraxtlar va gullar ekishga majbur.
Avtoturargohni boʻsh joylar mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumot beruvchi LED-ekranlar va videokuzatuv tizimi bilan jihozlash rejalashtirilmoqda. U «Pullik avtoturargoh» tizimi bilan integratsiya qilinadi. Tashrif buyuruvchilarni yaqin atrofdagi obʼyektlarga yetkazish uchun kamida ikkita elektromobil — baggi yoki golf-kar sotib olish koʻzda tutilgan.
Investor avtoturargoh tariflarini faqat Toshkent shahar hokimligi bilan kelishilgan holda belgilashi mumkin boʻladi. Bunda avtoturargohdan foydalanganlik uchun toʻlovlarning kamida 10 foizi davlat sherigi — «Toshkent Invest» kompaniyasiga, yana 5 foizi esa pullik avtoturargoh tizimi operatoriga oʻtkazilishi kerak.
Loyihani amalga oshirish huquqining boshlangʻich qiymati 514,2 mln soʻmni tashkil etadi. Auktsion gʻolibi uch oy davomida loyihaga kamida 10 mlrd soʻm investitsiya kiritishi va kamida 10 ta ish oʻrni yaratishi kerak. Ularning kamida 20 foizi ijtimoiy reyestrlarga kiritilgan fuqarolarga berilishi lozim.

