Iqtisodiyot

Toshkentning ikki tumanida xiyobon va avtoturargohlar tashkil etish huquqi savdoga chiqariladi

Toshkentning ikki tumanida xiyobon va avtoturargohlar tashkil etish huquqi savdoga chiqariladi

Toshkentda uchta yer uchastkasi xiyobon va avtoturargohlar barpo etish uchun xususiy sheriklarga topshirilishi rejalashtirilmoqda. Loyihalar davlat-xususiy sheriklik formatida amalga oshiriladi, tegishli bitimlarni tuzish huquqi esa elektron savdolarga chiqariladi.

Uchastkalardan biri Yunusobod tumani, «Qashqar» mahallasining Istiqlol koʻchasida joylashgan. U yerda xiyobon va avtoturargoh tashkil etish koʻzda tutilgan. DXSh bitimini tuzish huquqining boshlangʻich qiymati 514,2 million soʻmni tashkil etadi.

Yana ikkita uchastka Chilonzor tumanida joylashgan. Ulardan biri «Katta Doʻmbirobod» mahallasining Gavhar koʻchasida, ikkinchisi esa «Beshqoʻrgʻon» mahallasining Bunyodkor shohkoʻchasida joylashgan. Ikkala uchastka ham avtoturargohlar tashkil etish uchun moʻljallangan.

Ushbu ikki uchastkada loyihalarni amalga oshirish huquqi boshlangʻich qiymati 932,9 million soʻm boʻlgan yagona lot sifatida savdoga chiqariladi.

Loyihalarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qaror Toshkent shahar hokimi tomonidan 14 sentyabr kuni qabul qilingan. Hujjatga koʻra, birinchi obʼyekt 10 kun ichida, qolgan ikkitasi esa 15 kun ichida E-auksion platformasida savdoga chiqarilishi kerak.

Loyihalarning davlat sherigi etib «Toshkent Invest» AJ belgilangan. DXSh bitimlari doirasida tushadigan mablagʻlar hokimlik huzuridagi Toshkentni rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

Auktsionlar oʻtkazilgandan soʻng, gʻoliblar bilan davlat-xususiy sheriklik bitimlari imzolanadi. Ularning ijrosini nazorat qilish «Toshkent Invest» tomonidan amalga oshiriladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.