Toshkentdagi MiningMetals Uzbekistan koʻrgazmasida dunyoning 19 mamlakatidan ilgʻor ishlanmalar namoyish etildi | Reportaj
Toshkentda 20-yubiley Xalqaro «Konchilik uskunalari, metallurgiya va metallni qayta ishlash – MiningMetals Uzbekistan 2026» koʻrgazmasi start oldi. Shu kunlarda MiningMetals Uzbekistan 2026 maydonchasida Avstraliya, Germaniya, Hindiston, Eron, Qozogʻiston, Kanada, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Oʻzbekiston, Finlyandiya va boshqa mamlakatlarni oʻz ichiga olgan 19 ta davlatdan 163 ta kompaniya va brend oʻzlarining ilgʻor yechimlari, texnikalari va dasturiy ishlanmalarini taqdim etmoqda. Nima […]

Toshkentdagi MiningMetals Uzbekistan koʻrgazmasida dunyoning 19 mamlakatidan ilgʻor ishlanmalar namoyish etildi | Reportaj
Toshkentda «Konchilik sanoati, metallurgiya va metallni qayta ishlash – MiningMetals Uzbekistan 2026» 20-Yubiley Xalqaro koʻrgazmasi oʻz ishini boshladi.
Ushbu kunlarda MiningMetals Uzbekistan 2026 maydonchasida 19 mamlakat, jumladan Avstraliya, Germaniya, Hindiston, Iron, Qozogʻiston, Kanada, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Oʻzbekiston, Finlyandiya va boshqa davlatlardan 163 ta kompaniya va brend oʻzlarining ilgʻor yechimlari, texnikasi va dasturiy ishlanmalarini namoyish etmoqda.
Ekspozitsiyada nimalar namoyish etilgan
Koʻrgazma ekspozitsiyasi butun ishlab chiqarish tsiklini — geologik qidiruv va qazib olishdan tortib, chuqur qayta ishlash va jarayonlarni raqamlashtirishgacha boʻlgan bosqichlarni qamrab oladi. Ishtirokchilar eʼtibori markazida — energiya samaradorligini, unumdorlikni va sanoat xavfsizligini oshirishga qaratilgan texnologiyalar.
Pavilonlarda va ochiq maydonlarda quyidagilarni koʻrish mumkin:
Ochiq va yer osti kon ishlari, burgʻilash, oʻtish ishlari uchun yechimlar, shuningdek, portlatish ishlarining zamonaviy texnologiyalari;
Yirik gabaritli uskunalar: turli modifikatsiyadagi burgʻilash qurilmalari namunalari, maydalash-saralash majmualari, konveyer tizimlari va laboratoriya valikli presslari;
Geologik 3D-modellashtirish, dispetcherlik va karyer texnikasini avtomatlashtirilgan boshqarish uchun raqamli platformalar;
Mineral xomashyoni tadqiq qilish uchun laboratoriya va tahliliy majmualar, shuningdek, sanoat aspiratsiyasi, ventilyatsiya tizimlari va eyilishga chidamli materiallar.
Ishtirokchilar va asosiy premyeralar
Oʻzbekistonning Milliy stendi Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining integratsiyalashgan stendi formatida bezatilgan boʻlib, u mamlakat togʻ-kon va metallurgiya tarmogʻining yetakchi korxonalarini birlashtiradi: Navoiy KMK, Olmaliq KMK, «Oʻzmetkombinat», Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati va «Navoiyuran».
Anʼanaga koʻra, Germaniya yirik milliy pavilon bilan, shuningdek, Xitoy va Turkiyadan koʻplab eksponentlar ishtirokida namoyish etilgan.
Koʻrgazma ekspozitsiyasi bilan bir vaqtda boy ekspertlik dasturi ham boʻlib oʻtmoqda. Mutaxassislar eʼtibori markazida — «Resurslardan global imkoniyatlar sari» shiori ostida oʻtkazilayotgan Oʻzbekistonning 8-Xalqaro togʻ-kon-metallurgiya forumi (UIMF). Ekspertlar, investorlar va davlat tuzilmalari vakillari tarmoqni rivojlantirish vektorlari, xomashyoni chuqur qayta ishlash va investitsiyalarni jalb qilish masalalarini muhokama qilmoqdalar.
MiningMetals Uzbekistan 2026 koʻrgazmasi oʻz ishini davom ettirib, soha mutaxassislariga toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish, uskunalarni testdan oʻtkazish va strategik bitimlar tuzish uchun imkoniyat yaratmoqda.
Iteca Exhibitions Xalqaro koʻrgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group tomonidan tashkil etilgan ekspozitsiya 29 oktyabrgacha davom etadi va bir maydonda butun dunyodan togʻ-kon metallurgiya sektori yetakchilarini birlashtiradi.

