Mahalliy

Toshkentdagi maktablardan birida bir yarim ming oʻrinli yangi olti qavatli korpus quriladi

Toshkentdagi maktablardan birida 1,5 ming oʻrinli yangi olti qavatli korpus quriladi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi 38-sonli umumtaʼlim maktabida taʼlim olish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida rekonstruktsiya va qoʻshimcha oʻquv korpusini qurish ishlari boshlandi.

Hozirda maktabda 2339 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda, shu sababli mavjud quvvatlarga tushayotgan yuklama yuqoriligicha qolmoqda, yuklama koeffitsiyenti esa 1,9 ni tashkil etmoqda.

Yangi binoning qurilishi taʼlim muassasasidagi yuklamani sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Qoʻshimcha korpus 1505 oʻquvchi oʻrniga moʻljallangan boʻlib, 6 qavatni, shu jumladan yordamchi (tsokolniy) qavatni oʻz ichiga oladi.

Loyihaning umumiy maydoni 0,4 gektarni tashkil etadi, ishlarni esa 8 oy ichida yakunlash rejalashtirilgan. Yangi korpus foydalanishga topshirilgach, maktabdagi yuklama koeffitsiyenti 1,9 dan 0,9 gacha pasayishi kutilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.