Mahalliy

Toshkentdagi Fargʻona yoʻli koʻchasida avtobus boʻlaklarini nazorat qilish uchun kameralar oʻrnatildi

Toshkentdagi Fargʻona yoʻli koʻchasida avtobus boʻlaklarini nazorat qilish uchun kameralar oʻrnatildi

Toshkentdagi Fargʻona yoʻli koʻchasining olti kilometrga yaqin qismida har ikkala yoʻnalishda avtomobillarning jamoat transporti uchun ajratilgan boʻlaklarga chiqishini qayd etuvchi kameralar joylashtirildi.

Kameralar poytaxtning boshqa koʻchalaridagi avtobus boʻlaklariga ham oʻrnatilmoqda. Yoʻl harakatini tashkil etish markazi maʼlumotlariga koʻra, ularning vazifasi — avtobuslarning toʻsiqsiz harakatlanishini taʼminlash va yoʻldagi ushlanib qolishlarni kamaytirishdan iborat.

Ajratilgan boʻlaklar "A" harfi bilan belgilangan. Soat 06:00 dan 23:00 gacha tegishli ruxsatnomasi boʻlmagan transport vositalarining ushbu boʻlaklarda harakatlanishi taqiqlanadi. Bu boʻlaklarni egallab olgan avtomobillar avtobuslarning jadvalga rioya qilishiga va yoʻlovchilarni ushlanib qolishlarsiz tashishiga xalaqit bermoqda.

Avvalroq Fargʻona yoʻli koʻchasida "Yashil toʻlqin" tizimi koridori ishga tushirilgan edi. Yoʻl harakatini tashkil etish markazi mutaxassislari magistralning 6 kilometrlik qismida — Qoʻyliq koʻprigi ortidagi "Qoʻyliq ota" maqbarasidan UzBUMgacha boʻlgan hududda 13 ta svetofor obʼyekti ishini sinxronlashtirdilar.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.