Toshkentda yashil maydonlar tekshirilmoqda va sogʻlomlashtirilmoqda
Toshkentda yashil maydonlarni tekshirish va sogʻlomlashtirish ishlari faollashdi. Mutaxassislar kasal va qurigan daraxtlarni, shuningdek, qurigan, singan va osilib turgan shoxlarni, shikastlangan daraxt shox-shabbalarini aniqlamoqda. Bu haqda poytaxt hokimligida maʼlum qilindi.

Toshkentda yashil hududlar oʻrganilmoqda va sogʻlomlashtirilmoqda
Ishlarga ekologlar, dendrologlar va boshqa soha mutaxassislari jalb etilgan. Tadqiqot yakunlariga koʻra zarur chora-tadbirlar belgilanmoqda. Qurigan va shikastlangan shoxlar butalmoqda, qurib qolgan daraxtlar boʻyicha esa dalolatnomalar tuzilib, ruxsatnoma olish uchun shahar ekologiya boshqarmasiga yuborilmoqda.
Ishlar aholi xavfsizligi va sogʻlom daraxtlarni saqlab qolish zaruratini hisobga olgan holda, bosqichma-bosqich va belgilangan tartibda olib borilmoqda.
Hozirda Chilonzor tumanidagi Bunyodkor shoh koʻchasi, Yakasaroy tumanidagi Nukus koʻchasi, Kichik halqa avtomobil yoʻli, Yunusobod tumanidagi Ahmad Donish koʻchasi, shuningdek, shaharning boshqa yirik va kichik magistrallarida ishlar davom etmoqda.
Bundan tashqari, Yashnabod tumanidagi «Elbek» bogʻida daraxtlar oʻrganilmoqda. Bogʻning maydoni 11 gektarni tashkil etadi, bu yerda 5 mingga yaqin daraxt va batanglar oʻsmoqda. Parallel ravishda hudud chiqindilardan tozalanmoqda, yoʻlaklar tartibga keltirilmoqda, sugʻorish tizimi taʼmirlanmoqda va yangi tarmoqlar yotqizilmoqda.
Bir vaqtning oʻzida shaharda sugʻorish tizimlari yangilanmoqda va almashtirilmoqda, nasos stantsiyalari taʼmirlanmoqda, yangi sugʻorish tarmoqlari yotqizilmoqda, ariq va drenaj tizimlari tartibga keltirilmoqda. shuningdek, daraxt ekish mavsumi boshlanmoqda.

