Toshkentda Xitoydan kelgan, ichida deyarli 25 kg pregabalin boʻlgan joʻnatma ushlandi
Toshkentda Xitoydan 24 kg 974 g kuchli taʼsir qiluvchi modda — pregabalin olib kirilishining oldi olindi. Ikki erkak kuryerlik kompaniyasi ofisida joʻnatmani qabul qilib olayotgan vaqtda ushlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. Idora maʼlumotlariga koʻra, ushlanganlardan biri 2000 yilda tugʻilgan va Yunusobod tumanida istiqomat qiladi. Oshnosi esa 1998 yilda Fargʻona […]

Toshkentda Xitoydan deyarli 25 kg pregabalin boʻlgan joʻnatma yetkazib berilishining oldi olindi
Toshkentda Xitoydan 24 kg 974 g kuchli taʼsir qiluvchi modda — pregabalin olib kirilishi toʻxtatib qolindi. Ikki erkak kuryerlik kompaniyasi ofisida joʻnatmani olayotgan vaqtda ushlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Idora maʼlumotlariga koʻra, ushlanganlardan biri 2000 yilda tugʻilgan va Yunusobod tumanida yashaydi. Uning tanishi 1998 yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan boʻlib, vaqtincha Chilonzor tumanida yashab kelgan.
Joʻnatma koʻzdan kechirilganda xodimlar oq rangli kukunni aniqlashdi. Ekspertiza bu pregabalin ekanini koʻrsatdi.
Ushlanganlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Sud ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanladi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

