Mahalliy

Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etilmoqda

Toshkentda yangi davlat oliy taʼlim muassasasi — Xalqaro moda akademiyasi tashkil etilmoqda. U Toʻqimachilik va yengil sanoat instituti hamda Parij xalqaro moda akademiyasining qoʻshma dasturi negizida tashkil etiladi.

Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi

Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi — Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tizimidagi davlat oliy taʼlim muassasasi tashkil etilmoqda. Oʻzbekiston prezidenti 16 oktyabr kuni tegishli qarorni imzoladi.

Akademiya joriy oʻquv yilidan boshlab Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining Parij xalqaro moda akademiyasi (Académie internationale de coupe de Paris) bilan birgalikda ishlab chiqilgan qoʻshma taʼlim dasturi bazasida oʻz faoliyatini boshlaydi. Ushbu dastur talabalari oʻqishni akademiyada davom ettiradi va uning diplomini oladi.

Qarorning maqsadlari qatorida yengil sanoat, dizayn, moda va kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy moda maktabini shakllantirish va xalqaro darajaga olib chiqish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, taʼlim, fan va ishlab chiqarishning yaqin integratsiyasini taʼminlash, milliy brendlarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, milliy madaniy meros va anʼanalar asosida raqobatbardosh moda industriyasini yaratish qayd etilgan.

Yangi oliygoh yopilayotgan Koreya-Oʻzbekiston oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparki oʻrnida joylashadi.

Shaxsiy bakalavriat va magistratura dasturlaridan tashqari, Frantsiya, Italiya, Buyuk Britaniya va Turkiya oliy oʻquv yurtlari bilan qoʻshma dasturlarni joriy etish vazifasi qoʻyilgan. Akademiyaga xorijlik talabalarni ham jalb etish rejalashtirilmoqda.

2027/2028 oʻquv yilidan boshlab akademiyada korxona va tashkilotlar buyurtmalari asosida toʻqimachilik, tikuvchilik, trikotaj va charm-poyabzal sohalarida kadrlarni maqsadli tayyorlashga qaratilgan dual taʼlim shakli joriy etiladi. Bunda oʻquv jarayonining 30 foizi oliygohda, qolgan vaqti esa bevosita ishlab chiqarishda oʻtadi.

Yengil sanoat sohasi uchun kadrlar tayyorlaydigan texnikumlarning yetarli oʻrtacha ballga (GPA) ega boʻlgan bitiruvchilari akademiyaning uchinchi bosqichiga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirishlari mumkin boʻladi.

Kelgusi yildan akademiya huzurida oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim instituti tashkil etilishi kerak.

Akademiya bazasida, shuningdek, davlat buyurtmasi asosida turli tashkilot va xizmatlar uchun kiyim-kechak dizaynlarini ishlab chiqish tashkil etiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.