Mahalliy

Toshkentda va Buxoro viloyatida deyarli 4 ming dollarlik ikkita firibgarlik holatiga chek qoʻyildi

Toshkentda va Buxoro viloyatida deyarli 4 ming dollarlik ikkita firibgarlik holatiga chek qoʻyildi

Buxoro viloyati va Toshkentda firibgarlikda gumonlanib ikki erkak qoʻlga olindi. Biri IIV huzuridagi litseyga oʻqishga kirishga, ikkinchisi — sud qarori bilan haydovchilik huquqidan mahrum qilingan fuqaroning haydovchilik guvohnomasini qaytarib berishga vaʼda bergan. Xizmatlari uchun ular umumiy hisobda 3,8 ming dollar soʻrashgan.

"Uzbekistan 24" telekanalining xabar berishicha, Gʻijduvon tumanida Buxoro soliq texnikumi oʻqituvchisi yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaroga IIV huzuridagi Buxoro akademik litseyiga oʻqishga kirishga yordam berishni vaʼda qilgan. Xizmati uchun u 800 dollar talab qilgan va pulni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Yana bir holat Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida aniqlandi. Erkak kishi sud qarori bilan transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan shaxsning haydovchilik guvohnomasini uch ming dollarga tiklab berishni vaʼda qilgan. U masalani yuqori lavozimli tanishlari orqali hal qila olishini taʼkidlagan va pulni olayotganda qoʻlga olingan.

Ikkala holat boʻyicha ham jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Andijon viloyatida 39 yoshli erkak 297 million soxta soʻmni sotishga uringan vaqtida qoʻlga olingan edi. Uning xonadonida oʻtkazilgan tintuv chogʻida kompyuter, printer va soxta kupyuralar tayyorlamalari topilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.