Mahalliy

Toshkentda Turizm boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi yangi rahbar tayinlandi

Toshkentda Turizm boshqarmasi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi yangi rahbar tayinlandi

2021 yildan buyon Toshkent shahar Turizm boshqarmasida faoliyat yuritib kelayotgan Shohrux Nosirov idora boshligʻi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Shohrux Nosirov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy maʼlumot olgan.

U 2021 yildan buyon Toshkent shahar Turizm boshqarmasi tizimida mehnat qilib kelmoqda. Bu davr mobaynida Nosirov yetakchi va bosh mutaxassis lavozimlarida ishlagan, keyinchalik boshqarma boʻlimlaridan biriga rahbarlik qilgan.

Avvalroq Gʻofurjon Mirzayev Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari – Mahallalar uyushmasi raisi etib tayinlangan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.