Toshkent Barqaror turizm xalqaro yilining rasmiy ochilish marosimiga mezbonlik qiladi
Oʻzbekiston va BMT Turizm tashkiloti 2027 yil — Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yilining rasmiy ochilishiga hamkorlikda tayyorgarlik koʻrishga kelishib oldilar. Marosim 2026 yil noyabr oyida Toshkentda «Ipak yoʻlida turizm» xalqaro turistik yarmarkasi doirasida rejalashtirilgan. Bu haqda Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi raisi Abdulaziz Aqqulovning BMT Bosh kotibi […] bilan uchrashuvi yakunlari boʻyicha maʼlum boʻldi.

Toshkent Xalqaro barqaror turizm yilining rasmiy ochilish maydonchasiga aylanadi
Oʻzbekiston va BMT Turizm tashkiloti 2027 yil — Xalqaro barqaror va bardoshli turizm yilining rasmiy ochilishini birgalikda tayyorlashga kelishib oldilar. Marosimni 2026 yil noyabr oyida Toshkentda, «Ipak yoʻlida turizm» xalqaro turizm yarmarkasi doirasida oʻtkazish rejalashtirilmoqda.
Bu haqda Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi raisi Abdulaziz Aqqulovning BAAda boʻlib oʻtgan BMT Turizm tashkiloti Bosh kotibi Shayxa Nosir Al Novais bilan uchrashuvi yakunlari boʻyicha maʼlum boʻldi.
Tomonlar strategik sheriklikni rivojlantirish, barqaror turizm tamoyillarini ilgari surish, turistik yoʻnalishlarning raqobatbardoshligini oshirish, inson kapitalini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildilar.
Muzokaralar yakunida Xalqaro barqaror va bardoshli turizm yilining rasmiy ochilish marosimini oʻtkazish toʻgʻrisida bitim imzolandi. Hujjatda tadbirga tayyorgarlik koʻrish va qoʻshma harakatlarni muvofiqlashtirishning huquqiy va tashkiliy asoslari belgilab qoʻyilgan.
Marosimni Toshkentda oʻtkazish tashabbusi Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2026 yil 1 aprel kuni BMT Turizm tashkiloti rahbariyati bilan uchrashuvda ilgari surilgan edi.
BMT Turizm tashkiloti Bosh kotibi, shuningdek, davlat rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilayotgan Xavfsiz turizm kodeksi uning shaxsiy nazoratida ekanini maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, davlatlar va xalqaro ekspertlar ishtirokida hujjat ustida olib borilayotgan ishlar jadallashmoqda.

