Toshkentda transformatorni taʼmirlash vaqtida odam yonib ketdi. Video

Toshkentda transformatorni taʼmirlash vaqtida bir kishi yonib ketdi. Video
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda transformator yonishi vaqtida bir erkak yonib ketgani aks etgan video tarqaldi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, jabrlanuvchi ogʻir ahvolda shifoxononaga yetkazilgan. Energetika vazirligi hodisaga taʼmirlash ishlari davomida sodir boʻlgan fazalararo qisqa tutashuv sabab boʻlganini maʼlum qildi.
Hodisa Mirobod tumanidagi Parkwood turar joy majmuasida yuz bergan.
Energetika vazirligi aniqlik kiritishicha, qisqa tutashuv isteʼmolchi xodimi tomonidan amalga oshirilayotgan taʼmirlash vaqtida sodir boʻlgan. Idorada, shuningdek, transformator punkti isteʼmolchi balansida ekani va "Toshkent shahar elektr tarmoqlari" mulkiga kirmasligi qayd etildi.
Energetika vazirligi elektr uskunalarida taʼmirlash ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilish zarurligini eslatdi.
Hozirgi vaqtda jabrlanuvchining ahvoli haqida rasmiy maʼlumotlar yoʻq.

