Mahalliy

Havo shari Toshkentning ayrim hududlarini elektrsiz qoldirdi

19-oktabr kuni Toshkentning Yunusobod, Olmazor, Mirzo Ulugʻbek va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlarida elektr taʼminotida vaqtinchalik uzilish kuzatildi. Bunga «Aksa Toshkent» issiqlik elektr stansiyasining ochiq taqsimlash qurilmasiga havoda uchib kelgan shar tushishi sabab boʻlgan.

Havo shari Toshkentning ayrim hududlarini elektrsiz qoldirdi

Energetika vazirligi maʼlumotiga koʻra, hodisa soat 19:05 da Qibray tumanida joylashgan «Aksa Toshkent» IESda yuz bergan. Natijada transformatorning himoya tizimi ishga tushib, stansiya quvvati 460 MVt dan 185 MVt gacha pasaygan.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, uzilishga stansiyaning T-5 transformatoridagi shikastlanish sabab bo‘lgan. Bu holat kuzatuv kameralari yozuvlarida ham qayd etilgan.

Ko‘rilgan tezkor choralar tufayli soat 19:09 da Yunusobod va Olmazor tumanlarida elektr taʼminoti qisman tiklangan. Soat 19:25 da zaxira manbalari hisobidan elektr taʼminoti to‘liq qayta yo‘lga qo‘yilgan. Soat 19:38 ga kelib esa barcha isteʼmolchilar elektr energiyasi bilan qayta taʼminlangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.