Mahalliy

Toshkentda transformatordagi yongʻinda ikki kishi jarohatlandi

Toshkentdagi Nukus koʻchasida joylashgan Parkwood turar joy majmuasidagi transformator punktida taʼmirlash ishlari vaqtida yongʻin yuz berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ishchilardan biri yonayotgani, yoʻlovchilar esa olovni oʻchirishga harakat qilayotgani aks etgan.

Toshkentda transformatorda yongʻin chiqishi oqibatida ikki kishi jarohatlandi

27 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda koʻchada bir kishi yonayotgani va atrofdagilar olovni oʻchirishga harakat qilayotgani aks etgan video tarqaldi.

Nashrlarda taʼkidlanishicha, transformatordagi portlashdan soʻng koʻp qavatli uy elektr energiyasiz qolgan, jabrlanuvchi esa ogʻir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» ushbu maʼlumotga munosabat bildirib, yongʻin Mirobod tumani Nukus koʻchasidagi Parkwood turar joy majmuasining transformator punktida sodir boʻlganini maʼlum qildi.

Korxona maʼlumotlariga koʻra, ushbu transformator punkti «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar hududiy filiali balansida turmaydi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yongʻin transformatorda taʼmirlash ishlari olib borilayotganda fazalararo qisqa tutashuv tufayli kelib chiqqan.

Xabarda videodagi shaxs tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimi emasligi, taʼmirlashni isteʼmolchiga xizmat koʻrsatuvchi xususiy kompaniya xodimlari amalga oshirayotgani taʼkidlangan.

Toshkent shahar hokimligi «ikki nafar yigit turli darajadagi kuyish tan jarohati olgani va ularga tibbiy yordam koʻrsatilayotganini» maʼlum qildi.

Jabrlanganlarning ahvoli haqida maʼlum qilinmagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.