Texnologiya

Toshkentda TLDCON 2026 milliy domenlar administratorlari va roʻyxatdan oʻtkazuvchilarining 19-Xalqaro konferentsiyasi boʻlib oʻtadi

2026 yil 22–23 sentyabr kunlari Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari milliy yuqori darajali domenlari administratorlari va roʻyxatdan oʻtkazuvchilarining 19-Xalqaro konferentsiyasi (TLDCON 2026) boʻlib oʻtadi. Tadbir Panarams Tashkent Hotel maydonchasida tashkil etiladi va unda yetakchi ekspertlar, regulyatorlar hamda IT-biznes vakillari birlashadi. Ishtirokchilar domen industriyasining dolzarb muammolari, texnologik innovatsiyalar va rivojlanish istiqbollarini muhokama qiladilar. Konferentsiya tashkilotchilari […]

Toshkentda milliy domenlar administratorlari va registratorlarining 19-Xalqaro TLDCON 2026 konferentsiyasi boʻlib oʻtadi

2026 yil 22–23 sentyabr kunlari Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari milliy yuqori darajali domenlari administratorlari va registratorlarining 19-Xalqaro konferentsiyasi (TLDCON 2026) boʻlib oʻtadi.

Konferentsiya Panarams Tashkent Hotel maydonchasida tashkil etiladi va unda yetakchi ekspertlar, regulyatorlar hamda IT-biznes vakillari jamlanadi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar domen industriyasining dolzarb muammolari, texnologik innovatsiyalar va rivojlanish istiqbollarini muhokama qiladilar.

Tashkilotchilar sifatida .RU/.RF domenlari Muvofiqlashtiruvchi markazi va Rossiya jamoatchilik tarmoqlarini rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti (RosNIIROS) ishtirok etmoqda. Bosh hamkor — Internet texnik markazi, hamkorlar — MSK-IX va «Runiti» kompaniyalar guruhi. Qabul qiluvchi tomon — UZINFOCOM.

TLDCON 2008 yildan buyon oʻtkazib kelinmoqda va shu vaqt ichida milliy domenlarni boshqarishda kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqish hamda ilgʻor tajribalar bilan almashish uchun tan olingan xalqaro maydonga aylandi.

Dasturning asosiy yoʻnalishlari:

sunʼiy intellekt va kiberxavfsizlik: domen ekotizimlarini himoya qilish uchun SIdan foydalanish, tahdidlarni prognoz qilish va DNS tizimidagi muvofiqlashtirilgan hujumlar hamda suiisteʼmolliklarning (DNS Abuse) oldini olish boʻyicha yangi yondashuvlarni ishlab chiqish;

texnologik samaradorlik: DNS-rezolverlar ishining samaradorligini oshirish va xalqaro standartlarga muvofiq universal qabul qilish tamoyillarini joriy etish;

tartibga solish va marketing: domenlarga xizmat koʻrsatishning maxsus rejimlari, jumladan, davlat va munitsipal organlar domenlari hamda brend-domenlar, shuningdek, domenlarni ilgari surish va rivojlantirishning kreativ strategiyalari;

kadrlar salohiyatini rivojlantirish: yosh mutaxassislarni internetni boshqarish jarayonlariga jalb qilish, xalqaro raqamli hamkorlik va ustoz-shogirdlik dasturlariga bagʻishlangan maxsus yoshlar shoʻʼbasi.

«.RU/.RF domenlari Muvofiqlashtiruvchi markazi direktori Andrey Vorobyev shunday dedi: «Bu yil konferentsiya oʻz geografiyasini kengaytirmoqda va ilk bor Markaziy Osiyoning texnologik markazlaridan biri boʻlgan Toshkentda boʻlib oʻtadi. Biz ushbu tadbirni milliy domen hududini faol rivojlantirayotgan va domenlarni boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etayotgan .UZ domeni registraturasi — UZINFOCOM bilan hamkorlikda oʻtkazishdan mamnunmiz. Shiddatli raqamlashtirish va kibertahdidlar kuchayib borayotgan sharoitda domen industriyasining barcha ishtirokchilari oʻrtasida ochiq muloqotni qoʻllab-quvvatlash muhimdir. Ishonchim komilki, TLDCON 2026 umumiy muammolarni muhokama qilish, amaliy tajriba almashish va domen infratuzilmasini rivojlantirish uchun yechimlar ishlab chiqish maydoniga aylanadi».

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.