Toshkentda tez tibbiy yordam mashinasiga yoʻl bermagan haydovchi jazolandi
Toshkentda tez tibbiy yordam mashinasiga yoʻl bermagan haydovchiga maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobili jarima maydoniga qoʻyildi.

Toshkentda tez tibbiy yordam mashinasiga yoʻl bermagan haydovchi jazolandi
Ijtimoiy tarmoqlarda tez tibbiy yordam mashinasiga yoʻl bermagan haydovchi aks etgan video tarqaldi.
Unda tez tibbiy yordam xodimi BYD rusumli avtomobil haydovchisidan yoʻl berishni ovozkuchaytirgich orqali bir necha bor soʻraydi. Ammo haydovchi bunga eʼtibor bermay, harakatini davom ettiradi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari haydovchining shaxsini aniqlab, unga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirdi.
Haydovchi voqeani ataylab qilmaganini aytdi. U oynalar yopiq bo‘lgani va ashula eshitib ketayotgani sababli tez yordam chaqirig‘ini eshitmay qolganini bildirdi.
Transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi.

