Mahalliy

Toshkentda Salar kanalida baliqlarning ommaviy nobud boʻlishi sabablari oʻrganilmoqda

Toshkentda Salar kanalida baliqlarning ommaviy nobud boʻlishi sabablari aniqlanmoqda

Poytaxtdagi Salar kanalida baliqlarning ommaviy nobud boʻlishi qayd etildi. Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlardan soʻng Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi xodimlari voqea joyiga yetib borishdi.

Inspektorlar hududni koʻzdan kechirib, sodir boʻlgan voqea tafsilotlarini oʻrganmoqdalar.

Atrof-muhit monitoringi, iqlim oʻzgarishiga moslashish va gidrometeorologiyani muvofiqlashtirish boʻlimi mutaxassislari laboratoriya tahlili uchun kanaldan suv namunalarini olishdi.

Baliqlarning nobud boʻlish sababi hozircha aniqlanmagan. Mutaxassislar voqeaga olib kelishi mumkin boʻlgan ehtimoliy omillarni tekshirishmoqda. Ekologiya boshqarmasidan maʼlum qilishlaricha, yakuniy xulosalar oʻrganish va laboratoriya tadqiqotlari yakunlanganidan keyin chiqariladi.

Tekshiruv natijalari haqida qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Avvalroq Buxoro viloyatidagi Xadicha koʻlida noqonuniy baliq ovlash holatiga chek qoʻyilgan edi. Uch nafar gumonlanuvchidan 118 bosh baliq olib qoʻyilgan, tabiatga yetkazilgan zarar esa 126 million soʻmdan ortiq deb baholangan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.