Mahalliy

Toshkentda qo‘shnisining mushugini qiynagan yigit 7 sutkaga qamaldi

Toshkentning Shayxontohur tumanida 21 yoshli yigit mast holatda qo‘shnisining mushugini qiynab, oyog‘ini qayrib, unga jarohat yetkazdi. Fuqaroga nisbatan 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Toshkentda qo‘shnisining mushugiga azob bergan yigit 7 sutkaga qamaldi

Toshkent shahrida mast holatda qo‘shnisining mushugini urib qiynagan 24 yoshli yigit 7 sutkaga qamaldi.

Voqea 2023-yil 28-oktabr kuni Shayxontohur tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birining kirish yo‘lagida yuz bergan.

Fuqaro mast holatda qo‘shnisining “Simba” laqabli mushugini ushlab, bo‘g‘ib va oyog‘ini qayirib, unga jarohat yetkazgan. Veterinar xulosasiga ko‘ra, jonivorning old chap oyoq suyagi darz ketgani aniqlangan.

Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi 2-qismi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish)da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Unga 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.