Mahalliy

Toshkentda o‘quvchi giyohvand moddadan zaharlanib vafot etdimi? IIBB tafsiloti

Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilgan.

Toshkentda o‘quvchi giyohvand moddadan zaharlanib vafot etdimi? IIBB tafsiloti

Toshkentda o‘quvchi giyohvand moddadan zaharlanib vafot etgani haqidagi xabar rad etildi.

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim guruhlarda 4-sinf o‘quvchisi giyohvandlik moddasidan zaharlangani oqibatida vafot etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Mazkur xabar bo‘yicha Toshkent shahar IIBB o‘tkazgan tekshiruvlar davomida poytaxtda maktab o‘quvchilari orasida bunday holatlar qayd etilmagani aniqlandi.

«Bu xabar feyk bo‘lib, asossiz ravishda vohimaga berilmaslikni so‘rab qolamiz. Fuqarolardan va jamoatchilik vakillaridan tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz. Unutmang, yolg‘on axborot tarqatish javobgarlikka sabab bo‘ladi», deyiladi IIBB bayonotida.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.