Iqtisodiyot

Toshkentda Oʻzbekiston kapital bozorini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Toshkentda moliya bozorini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilishga bagʻishlangan «Oʻzbekiston Respublikasi kapital bozori» mavzusidagi VIII xalqaro Cbonds konferentsiyasi boʻlib oʻtdi. Tadbirda davlat organlari, moliya institutlari vakillari, investorlar, emitentlar, xalqaro tashkilotlar va bozor infratuzilmasi ishtirokchilari qatnashdi. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) vakillari Oʻzbekiston kapital bozoridagi soʻnggi oʻzgarishlar va uni rivojlantirish istiqbollari haqida soʻzlab berdilar. Birinchi oʻrinbosar […]

Toshkentda Oʻzbekiston kapital bozorini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Toshkentda moliya bozorini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilishga bagʻishlangan «Oʻzbekiston Respublikasi kapital bozori» VIII xalqaro Cbonds konferentsiyasi boʻlib oʻtdi. Unda davlat organlari, moliya institutlari vakillari, investorlar, emitentlar, xalqaro tashkilotlar va bozor infratuzilmasi ishtirokchilari qatnashdi.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) vakillari Oʻzbekiston kapital bozoridagi soʻnggi oʻzgarishlar va uni yanada rivojlantirish istiqbollari haqida maʼlumot berdilar.

ILMA direktorining birinchi oʻrinbosari Vyacheslav Pak soʻnggi uch yil ichida bozor sezilarli darajada oʻzgarganini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, mamlakatda raqamli identifikatsiya, yashil obligatsiyalar, javondagi roʻyxatdan oʻtkazish (polochnaya registratsiya) va individual investitsiya hisobvaraqlari joriy etildi.

U, shuningdek, Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilari orqali dividendlar va foizlarni toʻlash mexanizmi ishga tushirilganiga eʼtibor qaratdi. Pakning qayd etishicha, bu talab qilinmagan dividendlar muammosini hal qilishga yordam berdi.

U Oʻzbekiston Milliy investitsiya jamgʻarmasining (UzNIF) 2026 yilda boʻlib oʻtgan xalqaro IPO’sini alohida taʼkidlab oʻtdi. Uning soʻzlariga koʻra, ushbu joylashtirish soʻnggi besh yil ichida London fond birjasidagi eng yirik IPO’lardan biriga aylandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.