Mahalliy

Toshkentda maktab avtobuslariga boʻlgan ehtiyoj oʻrganilmoqda

Toshkent shahar THBM (Transport tizimini boshqarish markazi) maktab avtobuslariga boʻlgan ehtiyojni oʻrganmoqda. Ota-onalardan bolalarning maktabga qanday yetib borishi haqida tasavvurga ega boʻlish uchun soʻrovnomani toʻldirish soʻralmoqda. Oʻtgan yozda YHXX bunday loyiha murakkab ekanini — koʻpincha ota-onalar maktablarni yashash joyi boʻyicha emas, balki taʼlim sifatiga qarab tanlashini aytgan edi.

Toshkentda maktab avtobuslari kerakmi-yoʻqmi, oʻrganilmoqda

Toshkentda oʻquvchilar maktabga qanday yetib olishlari va maktab avtobuslariga ehtiyoj bor-yoʻqligi oʻrganilmoqda.

Soʻrovnomada uyning joylashgan joyi, bola oʻqiydigan maktab va sinf, maktabga chiqish vaqti, foydalaniladigan transport turi, shuningdek, maktab avtobusiga ehtiyoj bor-yoʻqligini koʻrsatish kerak. Har bir bola uchun soʻrovnoma alohida toʻldiriladi.

Maktab avtobuslarini yoʻlga qoʻyish masalasi muntazam ravishda koʻtarilib kelinadi.

2024 yilda tajriba tariqasida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining chekka tumanlaridagi maktab oʻquvchilari uchun bepul avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan edi.

«Bu eng xavfsiz mashina emas, lekin bundan yaxshiroq variantlar yoʻq».

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.