Mahalliy

Toshkentda L9 urib yuborgan 39 yoshli piyoda halok bo‘ldi

Yashnobod tumanida Lixiang L9 avtomobili belgilanmagan joydan o‘tayotgan 39 yoshli piyodani urib yubordi. Olingan jarohatlar oqibatida piyoda voqea joyida vafot etdi.

Toshkentda L9 urib yuborgan 39 yoshli piyoda vafot etdi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda poytaxt YHXB.

Voqea 3-noyabr kuni soat 17:45 lar atrofida TXAY ko‘chasidagi “Qo‘yliq” qurilish bozori ro‘parasida sodir bo‘lgan. 22 yoshli Y.M. boshqaruvidagi Lixiang L9 avtomobili yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Natijada 39 yoshli fuqaro olgan tan jarohatlari sabab hodisa joyida hayotdan ko‘z yumgan.

Ayni paytda ushbu holat bo‘yicha YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.