Toshkentda Isroil Madrimov ishtirokida oʻtkazilishi kerak boʻlgan xalqaro professional boks kechasi qoldirildi
Toshkentdagi Humo Arena’da 30 oktyabr kuniga rejalashtirilgan xalqaro professional boks kechasi 10 dekabrga koʻchirildi. Bu haqda tashkilotchilar eʼlonida koʻrsatilgan. Koʻchirish sababi — tashkiliy masalalar.

Toshkentda Isroil Madrimov ishtirokidagi xalqaro professional boks kechasi qoldirildi
Tashkilotchilar keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻradilar va muxlislarning ishonchi hamda xavfsizligi ular uchun katta ahamiyatga ega ekanini taʼkidladilar. Ular tomoshabinlarni 10 dekabr kungi turnirga taklif qilishdi.
Ushbu turnir haqidagi yangilikning avval tarqatilgan versiyasida Isroil Madrimov va Seymur Isayev, shuningdek, Lift Promotions hamda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi ishtiroki tilga olingan edi.

