Sport

Isroil Madrimov va Rustam Assakalov davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Isroil Madrimov va Rustam Assakalov davlat mukofotlariga sazovor bo‘lishdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va sanʼat, shuningdek, OAV xodimlaridan bir guruhini taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Ushbu farmonga ko‘ra, jamiyatda tinchlik, totuvlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini saqlash, yoshlarni vatanga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi samarali xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlandi:

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan:

Assakalov Rustam Sxatbiyevich — Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi.

“Do‘stlik” ordeni bilan:

Madrimov Israil Modraximovich — professional bokschi.

Ma’lumot uchun, Isroil Madrimov havaskor boksda Osiyo chempionati va Osiyo o‘yinlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Professional ringda esa u 14 ta jang o‘tkazib, 11 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang natijasini qayd etgan. Ketma-ket ikki mag‘lubiyatdan so‘ng, 2026-yil yanvar oyida Luis David Salazar ustidan g‘alaba qozonib, muvaffaqiyatli qaytishga erishgan edi.

Rustam Assakalov esa O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ikki karra Jahon chempionati sovrindori bo‘lgan. Bundan tashqari, u Boku-2017 va Konya-2021 Islom birdamlik o‘yinlarida bronza va oltin medallarini qo‘lga kiritgan. Parij Olimpiadasidagi ishtirokidan so‘ng professional sportchilik faoliyatini yakunlab, terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.