Toshkentda ilk bor Silk Road University Fair xalqaro taʼlim forumi va koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish va sifatli taʼlim olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Prezident, ixtisoslashtirilgan va ijodiy maktablarning tashkil etilishi oʻsib kelayotgan avlodga bilim olish, oʻz isteʼdodini namoyon etish va zamonaviy dunyo talablariga muvofiq rivojlanish uchun yangi imkoniyatlarni ochdi. Ushbu taʼlim muassasalarida […] qaratilgan ishlar olib borilmoqda

Toshkentda ilk bor Silk Road University Fair xalqaro taʼlim forumi va koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish va sifatli taʼlim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Prezident, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarining ochilishi oʻsib kelayotgan avlodga bilim olish, isteʼdodini namoyon etish va zamonaviy dunyo talablariga muvofiq rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar berdi.
Ushbu taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning fanlarga boʻlgan qiziqishini oshirish, mustaqil va tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini shakllantirish, shuningdek, xalqaro taʼlim standartlari asosida oʻqitishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ishlar olib borilmoqda. Bu oʻz bilimi va salohiyati sharofati bilan xalqaro olimpiadalarda, nufuzli akademik bellashuvlarda va jahon taʼlim maydonida munosib ishtirok eta oladigan yangi avlodni tarbiyalash uchun zamin yaratadi.
Bugun iqtidorli yoshlarga tikilgan sarmoya — Oʻzbekistonning kelajakdagi taraqqiyoti sari qoʻyilgan muhim qadamdir. Yoshlarning xalqaro bilim va tajribani oʻzlashtirishi, dunyoning yetakchi oliy oʻquv yurtlarida tahsil olish imkoniyatlarini oʻrganishi hamda oʻz salohiyatini mamlakat rivojiga yoʻnaltirishi respublikaning ilmiy, intellektual va iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega.
Ushbu vazifalarga muvofiq, 2026 yil 27–28 oktyabr kunlari Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ilk bor Silk Road University Fair — xalqaro taʼlim forumi va koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston maktab konsultantlari tarmogʻi (College Counselor Network Uzbekistan — CCNU) tomonidan Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir xorijiy oliy taʼlim muassasalari va Oʻzbekiston maktablari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, yoshlarning xorijda taʼlim olish imkoniyatlari haqidagi xabardorligini oshirish, shuningdek, maktab konsultantlarining kasbiy salohiyatini mustahkamlashga qaratildi.
Forumda 10 dan ortiq mamlakatdan 40 dan ziyod universitet vakillari ishtirok etdi. Bundan tashqari, ikki kunlik dastur 1 150 nafardan ortiq yuqori sinf oʻquvchilarini, 300 nafardan ortiq maktab konsultantlarini va 200 ga yaqin maktab direktorlarini qamrab oldi.
Koʻrgazmada Avstraliya, Buyuk Britaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Gonkong (Xitoy), Grenada, Germaniya, Ispaniya, Kanada, Qozogʻiston, AQSh, Frantsiya, Xitoy va Shveytsariya taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etdi.
Улар орасида Cardiff University Kazakhstan, City University of Hong Kong, James Cook University, Mohamed bin Zayed University of Artificial Intelligence, New York University Abu Dhabi, The Chinese University of Hong Kong, Shenzhen, The Hong Kong Polytechnic University, The University of Hong Kong, University of Nottingham Ningbo China, Royal Holloway, University of London, University of Toronto, The University of British Columbia, University of Alberta, James Madison University ва бошқа хорижий олий ўқув юртлари бор.
Shuningdek, koʻrgazmada xorijda oʻqish imkoniyatlari haqida maʼlumot beruvchi va xalqaro taʼlimga yoʻnaltirishda koʻmaklashuvchi tashkilotlar ham qatnashdi.
Tadbir xalqaro universitetlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot oʻrnatish, taʼlim dasturlari va qabul talablari bilan tanishish, shuningdek, Oʻzbekiston maktablari va xorijiy oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim maydonga aylandi.
27 oktyabr kuni tadbirning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni oliy taʼlim olishga yoʻnaltirish va maktab konsultantlarining kasbiy salohiyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Ochilish marosimidan soʻng maktab rahbarlari va konsultantlari uchun xalqaro universitetlar vakillari bilan kasbiy uchrashuvlar tashkil etildi. Ushbu uchrashuvlar davomida taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish, oʻquvchilarni xalqaro universitetlarga yoʻnaltirish va kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Kunning ikkinchi yarmida oʻquvchilar va maktab konsultantlari uchun xalqaro universitetlar koʻrgazmasi tashkil etildi. Ishtirokchilar qabul komissiyalari vakillari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilib, taʼlim dasturlari, qabul talablari, hujjat topshirish tartibi va xorijda oʻqish imkoniyatlari haqida maʼlumot oldilar.
Bunday uchrashuvlar yoshlarga oʻz akademik qiziqishlari va kelajakdagi kasbiy maqsadlariga mos keladigan taʼlim yoʻnalishlarini aniqlashga, xalqaro oliy taʼlim tizimlari bilan yaqindan tanishishga va keyingi oʻqish rejalarini shakllantirishga yordam berdi.
Koʻrgazma, shuningdek, xorijiy universitetlar vakillariga Oʻzbekiston taʼlim tizimi bilan tanishish, mahalliy maktablar va pedagoglar bilan tajriba almashish hamda kelajakdagi hamkorlik yoʻnalishlarini muhokama qilish imkoniyatini berdi.
28 oktyabr kuni tadbir dasturi maktab konsultantlarining kasbiy bilim va koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan trening va seminarlar bilan davom etdi.
Mashgʻulotlarda oʻquvchilarni xorijiy universitetlarga yoʻnaltirish, ularga xalqaro oliy oʻquv yurtlariga hujjat topshirish jarayonida koʻmaklashish, universitetlar bilan samarali muloqot oʻrnatish va maktablarda kasbga yoʻnaltirish ishlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, xalqaro universitetlar vakillari Toshkent shahridagi bir qator maktablarga tashrif buyurib, oʻquvchilar va pedagoglar bilan uchrashdilar. Tashriflar davomida tomonlar xalqaro taʼlim imkoniyatlari haqida maʼlumot almashdilar va maktablar hamda universitetlar oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Ikkinchi kun dasturi maktab konsultantlarining xalqaro taʼlim sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirishga, tajriba almashishga va universitetlar bilan sheriklik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
Maktab konsultantlari oʻquvchilarga oliy oʻquv yurtini tanlashda, akademik maqsadlarni belgilashda va xalqaro universitetlarga hujjat topshirishga tayyorgarlik koʻrishda yordam beradi.
Shu sababli tadbirda ularning xalqaro universitetlar vakillari bilan bevosita muloqot qilishiga, tajriba almashishiga va kasbiy bilimlarini rivojlantirishiga alohida eʼtibor qaratildi.
Forum maktab rahbarlari va konsultantlariga xorijiy oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish va kasbga yoʻnaltirish ishlari samaradorligini oshirishni muhokama qilish imkoniyatini berdi.
Bu yoʻnalishdagi hamkorlik iqtidorli oʻquvchilarga oʻz qobiliyatlarini toʻgʻri baholashga, keyingi taʼlim yoʻlini ongli ravishda tanlashga va xalqaro oliy taʼlim imkoniyatlaridan samarali foydalanishga yordam beradi.
Maʼlumot uchun: bugungi kunda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida 250 dan ortiq taʼlim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda, ularda 90 ming nafardan ortiq iqtidorli oʻquvchilar tahsil olmoqda.
2019 yilda tashkil etilgan Agentlik dastlab 16 ta taʼlim tashkilotini vazifadosh qilgan edi. Keyingi yillarda tizim kengayib, 2026 yilga kelib taʼlim tashkilotlari soni 250 tadan oshdi.
Yangi maktablarning ochilishi natijasida 2021–2026 yillarda rahbar va pedagog xodimlar uchun jami 10 910 ta yangi ish oʻrni yaratildi.
Ushbu keng koʻlamli taʼlim tizimi iqtidorli yoshlarni erta aniqlash, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish va chuqur bilim olishlari hamda xalqaro darajadagi taʼlim imkoniyatlaridan foydalanishlari uchun sharoit yaratishga qaratilgan.
Silk Road University Fair xalqaro taʼlim forumi va koʻrgazmasi Oʻzbekiston maktablari, xalqaro universitetlar, pedagoglar va oʻquvchilar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbus boʻldi. Ikki kunlik dastur oʻquvchilarga xalqaro taʼlim istiqbollarini oʻrganish, maktab konsultantlariga kasbiy tajriba almashish, maktab rahbarlariga esa xorijiy oliy oʻquv yurtlari bilan yangi sheriklik aloqalarini oʻrnatish imkonini berdi.
Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning sifatli taʼlim olishi va xalqaro ilmiy maydonda oʻz salohiyatini namoyon etishi uchun imkoniyatlar yaratish mamlakat kelajagiga xizmat qiladi. Ushbu maqsadlar oʻzanida Silk Road University Fair maktablar va xalqaro universitetlar oʻrtasidagi muloqotni kengaytirishga, yoshlarning taʼlim imkoniyatlarini oshirishga va kelajakdagi hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini belgilashga xizmat qildi.

