Texnologiya

Toshkentda dronlar kelajagi va yangi texnologiyalar muhokama qilindi

2026-yil 10-oktabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida ILMIY AMALIY FORUM 2026 ilmiy-amaliy forumi boʻlib oʻtdi. Electronic Autonomous Solutions (EAS Company) tomonidan tashkil etilgan tadbirda uchuvchisiz uchish apparatlari, radioelektronika va avtonom navigatsiya yoʻnalishlaridagi zamonaviy texnologiyalar, shuningdek, yosh mutaxassislarning muhandislik ishlanmalari muhokama qilindi.

Toshkentda dronlar istiqboli va yangi texnologiyalar muhokama qilindi

Forumda texnologiya sohasi vakillari, ilmiy hamjamiyat aʼzolari, tegishli idoralar mutaxassislari hamda talabalar qatnashdi. Tadbirning asosiy maqsadlaridan biri sohadagi amaliy tajriba almashish, dolzarb texnik masalalarni muhokama qilish va yoshlarning innovatsion loyihalarini qoʻllab-quvvatlashdan iborat edi.

**Dronlar xavfsizligi va radioelektron kurash masalalari**

Forum dasturidagi ikkita yalpi majlisda mahalliy va xorijiy mutaxassislar uchuvchisiz tizimlarga oid texnologik yechimlar yuzasidan maʼruzalar qildi.

EAS Company boshqaruvi raisi oʻrinbosari va bosh muhandisi Behzod Sulaymonov radioelektron kurash hamda uchuvchisiz uchish apparatlariga qarshi kurashish (C-UAS) tizimlarining zamonaviy imkoniyatlarini taqdim etdi. Maʼruzada dronlardan kelib chiqishi mumkin boʻlgan tahdidlarni aniqlash va ularga qarshi kurashishda qoʻllaniladigan texnologiyalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Hasan Xankeldiev dronlar yordamida yuk tashish yoʻnalishlarini samarali tashkil etish masalasini koʻrib chiqdi. Xususan, Toshkentdagi Korzinka tarmogʻi filiallari oʻrtasida yuk yetkazib berish yoʻnalishlarini optimallashtirish misolida «sayyoh savdogar masalasi» (TSP) va MATLAB dasturidan foydalanish imkoniyatlari yoritildi.

Minhaj Uddin Ahmad uchuvchisiz uchish apparatlari uchun radio xalaqitlarga chidamli aloqa kanallari va masofadan boshqarish tizimlari haqida maʼlumot berdi. Bunday texnologiyalar aloqa barqarorligini saqlash va murakkab radioelektron sharoitlarda boshqaruv samaradorligini taʼminlash uchun muhim hisoblanadi.

Petr Xmarskiy esa koordinata maʼlumotlarini koʻp gipotezali qayta ishlash orqali manyovr qiluvchi uchuvchisiz apparatlarning harakatini kuzatish va prognoz qilish usullarini taqdim etdi. Ushbu yondashuvlar havo obyektlarini kuzatish tizimlarini takomillashtirishga qaratilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.