Mahalliy

Toshkentda chang sabab ko‘chalarga suv sepilmoqda

​Shu bilan birga, favvoralar va sug‘orish tizimlari ham ishga tushirilmoqda.

Toshkentda chang sabab ko‘chalarga suv sepilmoqda

Toshkent ko‘chalarida qariyb 100 ta maxsus texnika yordamida suv purkash ishlari olib borilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi ma’lum qildi.

Yo‘l qoplamasini muntazam namlab borish changning bosilishiga hamda uning havoga ko‘tarilishini kamaytirishga yordam beradi.

Shu bilan birga, favvoralar va sug‘orish tizimlari ham ishga tushirilmoqda. Bu nafaqat ko‘chalardagi namlikni oshirish, balki shahar muhitini yanada yoqimli qilishga ham xizmat qiladi.

Hokimlik xabariga ko‘ra, suv purkash, sug‘orish va favvoralar faoliyati birgalikda shahar mikroiqlimini yaxshilash, chang miqdorini kamaytirish va aholi uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.