Toshkentda bir kilogramm palovning hisoblangan qiymati 130 ming so‘mdan oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi 2026 yil avgust oyi uchun hududlar kesimida palovga ishlatiladigan mahsulotlarning o‘rtacha narxlari

Toshkentda bir kilogramm palovning hisoblangan narxi 130 ming so‘mdan oshdi
Qo‘mita hisob-kitobiga ko‘ra, Toshkent shahrida bir kilogramm palov tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan mahsulotlar qiymati 130 ming 285 so‘mni tashkil etgan. Undan keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati — 126 ming 711 so‘m, Toshkent viloyati — 124 ming 226 so‘m va Samarqand viloyati — 123 ming 498 so‘m bilan qayd etilgan.
Eng past ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatilgan bo‘lib, u yerda palov uchun hisoblangan qiymat 109 ming 605 so‘mni tashkil qilgan. Andijonda bu ko‘rsatkich 115 ming 377 so‘m, Sirdaryoda esa 115 ming 398 so‘m bo‘lgan.
Qashqadaryo viloyatida bir kilogramm palovning hisoblangan qiymati 122 ming 257 so‘m, Buxoroda 120 ming 600 so‘m, Navoiyda 120 ming 850 so‘m, Surxondaryoda esa 121 ming 367 so‘mni tashkil etgan.
Hisob-kitobda 0,3 litr kungaboqar yog‘i, 0,3 kilogramm piyoz, 0,7 kilogramm mol go‘shti, 1 kilogramm sabzi, 1 kilogramm lazer guruch, 0,1 kilogramm no‘xat, 0,01 kilogramm zira va 0,02 kilogramm osh tuzi narxi inobatga olingan.
Ma’lumotlar Milliy statistika qo‘mitasining 2026 yil avgust oyidagi kuzatuv natijalari asosida shakllantirilgan.

