Mahalliy

Toshkentda bank xodimlari mijozning hisobvaragʻidan 300 ming dollar oʻgʻirlashdi

Toshkentda bank xodimlari mijozning hisobvaragʻidan 300 ming dollar oʻgʻirlashdi

Toshkentning Sirgʻali tumanida tijorat banklaridan birining xodimlari mijozning omonat hisobvaragʻidan 300 ming dollarni oʻzlashtirib olishdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Tergov maʼlumotlariga koʻra, fuqaro I.M. bankda 500 ming dollarlik omonat ochgan. Masʼul xodimlar uning nomidan soxta ariza va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirib, shundan soʻng uning hisobvaragʻidan 300 ming dollarni yechib olishgan.

Mazkur holat yuzasidan oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilish, shuningdek, hujjatlarni qalbakilashtirish moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda huquq-tartibot idoralari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.