300 ming dollar omonatni talon-toroj qilgan bank fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

300 ming dollar omonatni talon-toroj qilgan bank aniqlandi
Toshkent shahrida fuqaroning omonat hisobidagi 300 000 AQSh dollari talon-toroj qilingani fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Tekshiruvda tijorat banklaridan birining mas’ul shaxslari fuqaro I.M.ning omonatga qo‘yilgan 500 000 AQSh dollaridan I.M. nomidan qalbaki ariza va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirib, 300 000 AQSh dollarini o‘zlashtirib talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) hamda 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

