Mahalliy

Toshkentda 2030 yilga kelib metro bekatlari sonini 79 taga yetkazish rejalashtirilmoqda

Toshkentda 2030 yilga borib metro bekatlari sonini 79 taga yetkazish niyatidalar

2030 yilga borib Toshkent metropoliteni tarmoqni 79 ta bekatgacha kengaytirish, yoʻnalishlar uzunligini 103 kilometrgacha oshirish va kunlik yoʻlovchi oqimini 1,8 million kishiga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda poytaxt metrosini rivojlantirishga bagʻishlangan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

Hozirgi vaqtda Toshkent metrosida 50 ta bekat mavjud boʻlib, yoʻnalishlarning umumiy uzunligi 71 kilometrni tashkil etadi.

Shuningdek, poyezdlar harakat intervalini ikki-uch daqiqagacha qisqartirish rejalashtirilgan. Yoʻlovchi oqimi hozirgi 1,2 milliondan ortiq kishidan kuniga 1,8 million kishigacha oshishi kutilmoqda.

Metropolitenning kengayishi poytaxt aholisining oʻsishi, shahar hududining rivojlanishi hamda yangi turar joy va sanoat rayonlarining paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Dastur doirasida yangi uchastkalarni qurish, harakatdagi tarkibni yangilash, raqamli texnologiyalarni joriy etish va boshqaruv tizimini takomillashtirish koʻzda tutilgan.

Oʻtgan yetti yil ichida poytaxt metrosi 21 ta bekat bilan boyidi, yoʻnalishlar uzunligi esa 33 kilometrga ortdi. Kunlik yoʻlovchi oqimi 2021 yildagi 280–300 ming kishidan 2026 yilga kelib 1,2 milliondan ortiq kishiga yetdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.