Mahalliy

Toshkentda 1912 yilda qurilgan tarixiy inshoot Zamonaviy san’at markaziga aylantirildi

Ko‘p yillar davomida qarovsiz holda bo‘lgan inshoot poytaxt sanoat me’morchiligining kamyob namunalaridan biri hisoblanadi

Toshkentda 1912 yilda bunyod etilgan tarixiy inshoot Zamonaviy san’at markaziga aylantirildi

Toshkent markazida joylashgan, 1912 yilda qurilgan sobiq dizel elektr stansiyasi binosi qayta tiklanib, Zamonaviy san’at markaziga aylantirildi.

Uzoq yillar davomida qarovsiz qolgan ushbu inshoot poytaxt sanoat me’morchiligining noyob namunalaridan biri sanaladi.

Tarixiy binodan tijorat maqsadlarida foydalanish o‘rniga, uni madaniyat va san’at taraqqiyotiga xizmat qiladigan maskanga aylantirish haqida qaror qabul qilindi. Loyiha Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirildi.

Yangi markaz mahalliy rassomlar va yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda ijodkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga yo‘naltirilgan.

Markaz o‘z faoliyatini «Hikmah» ko‘rgazmasi bilan boshlaydi. Unda 11 nafar san’atkorning ijod namunalari namoyish etilib, moziy hikmati, ajdodlar xotirasi va zamonaviy davr estetikasi o‘rtasidagi bog‘liqlik aks ettiriladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.