Toshkent viloyatida muqaddam sudlangan erkakdan 7 kg marixuana topildi
Toshkent viloyatining Qibray tumanida DXX va ichki ishlar organlari xodimlari mahalliy turgʻundan 7 kg marixuana, pnevmatik miltiq va uchta patron topdilar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, deb xabar beradi DXX matbuot xizmati. Qoʻlga olingan 1986 yilda tugʻilgan shaxs ijaraga olingan yer maydonida qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanib kelgan. Taqiqlangan moddalar va boshqa buyumlar dala chetidagi ikkita konteynerdan topilgan. Maʼlumotlarga koʻra […]

Toshkent viloyatida muqaddam sudlangan erkakdan 7 kg marixuana topildi
Toshkent viloyatining Qibray tumanida DXX va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan mahalliy fuqarodan 7 kg marixuana, pnevmatik miltiq va uchta patron aniqlandi. Ushbu holat boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, deb xabar beradi DXX matbuot xizmati.
Qoʻlga olingan, 1986 yilda tugʻilgan shaxs ijaraga olingan yer maydonida qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanib kelgan. Taqiqlangan moddalar va boshqa buyumlar dala chetidagi ikkita konteynerdan topilgan.
Idora maʼlumotlariga koʻra, erkak ilgari ham jinoiy javobgarlikka tortilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

