Layfstayl

Toshkent va Urganchda Yevropa kinofestivali bo‘lib o‘tadi

Kinofestival boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi

Toshkent va Urganchda Yevropa kinofestivali o‘tkaziladi

Mavsumning muhim madaniy voqealaridan biri bo‘lgan XI Yevropa kinofestivalining boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi. Festival 23-25-oktyabr kunlari Toshkentda, 27-oktyabr kuni esa ilk bor Urganch shahrida tashkil etiladi.

XI Yevropa kinofestivali dasturidan chuqur dramatik hikoyalar va biografik asarlardan tortib, hujjatli filmlar hamda animatsiyalargacha bo‘lgan 11 ta asar joy olgan.

Toshkentdagi namoyishlar O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida bo‘lib o‘tadi.

28-oktyabr kuni Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan hamkorlikda talabalar uchun qisqa metrajli filmlar namoyishini uyushtiradi. Bundan tashqari, Moc Hub madaniy makonida keng jamoatchilik uchun ham filmlar namoyish etiladi.

YeI delegatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, kinofestival uchun Kipr, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Italiya, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Ruminiya va Sloveniya elchixonalari sara filmlarni taqdim etgan. Ularning aksariyati milliy va xalqaro kinomukofotlar sovrindori hisoblanadi.

Tadbirni tashkil etishda Toshkentdagi Gyote instituti hamda Fransiya alyansi faol ishtirok etmoqda.

Barcha namoyishlar bepul bo‘lib, filmlar original tilda, o‘zbek yoki rus tilidagi subtitrlar bilan ko‘rsatiladi.

Festival 2013-yildan beri har yili Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi tomonidan Yevropa mamlakatlarining yurtimizdagi elchixonalari bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi ko‘magida tashkil etib kelinadi. Jumladan, o‘tgan yili ham Yevropaning 12 mamlakatidan 12 ta sara film namoyish etilgandi.

Kinofestival Yevropa va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy almashinuv, ijodiy hamkorlik va umumiy qadriyatlar ruhini o‘zida mujassam etadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.