Mahalliy

Toshkent va Samarqand FAOning Yashil shaharlar tarmogʻiga qoʻshildi

Toshkent va Samarqand BMTning FAO Yashil shaharlar tarmogʻiga qoʻshildi. Bu yashilroq, sogʻlomroq, barqaror va inklyuziv shahar muhitini yaratish ustida ish olib borayotgan shaharlarning global hamjamiyatidir. Yaqin orada shaharlar dastlabki baholashdan oʻtishi kerak.

Toshkent va Samarqand FAOning Yashil shaharlar tarmogʻiga kirdi

Toshkent va Samarqand Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) Yashil shaharlar tarmogʻining ishtirokchilariga aylandi. Sertifikatlar 20 avgust kuni FAOning Rimdagi bosh qarorgohi huzuridagi «Yashil shaharlar» tashabbusi kotibiyati tomonidan topshirildi.

Tarmoq yanada yashil, sogʻlom, turli sinovlarga chidamli va inklyuziv shahar muhitini yaratish ustida birgalikda ishlaydigan butun dunyodagi shaharlarni birlashtiradi. U shaharlarni koʻkalamzorlashtirishga kompleks yondashuvlar orqali shaharlarning barqaror rivojlanishiga koʻmaklashadi va ishtirokchi shaharlar oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytiradi, deb xabar berdi FAOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi. Bu haqda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi ham maʼlum qildi.

Tarmoq uchta asosiy yoʻnalish boʻyicha kompleks yechimlar va strategiyalarni ilgari suradi: shahar va shahar atrofi oʻrmon xoʻjaligi; shahar va shahar atrofi qishloq xoʻjaligi; barqaror bioiqtisodiyot.

«FAOning Yashil shaharlar tarmogʻiga aʼzolik Toshkent va Samarqandga texnik koʻmak olish va salohiyatni rivojlantirish, bilim va tajriba almashish, munitsipallarlararo hamkorlik platformalarida ishtirok etish, tegishli global hadli hujjatlar va ekologik kun tartiblariga muvofiqlikni taʼminlashda yordam olish, sheriklik aloqalarini rivojlantirish, resurslarni safarbar qilish va investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, shaharsozlikni rivojlantirish sohasida barqaror yechimlarni ilgari suruvchi yetakchi shaharlar sifatida xalqaro miqyosda tanilishini oshirish imkoniyatlarini taqdim etadi», — deyiladi xabarda.

«Yashil shaharlar» tashabbusi 2020 yilda yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, 2030 yilgacha dunyoning 1000 ta shahrida shahar aholisining salomatligi va farovonligi, shuningdek, atrof-muhit holatini sezilarli darajada yaxshilashga qaratilgan.

Tarmoq doirasidagi hamkorlik Yashil shaharlar kommyunikesiga, shuningdek, FAOning yashil shaharlarga oid tamoyillari va mezonlariga asoslanadi. Kommyunike 2025 yilda yashil shaharlar boʻyicha birinchi Xalqaro konferentsiyada taqdim etilgan. U yanada yashil shaharlar uchun global harakatni rivojlantirish boʻyicha umumiy qarashlar va jamoaviy majburiyatlarni aks ettiradi.

Tarmoqdagi ishtirokning birinchi bosqichida «Yashil shaharlar» tashabbusi kotibiyati Toshkent va Samarqandga dastlabki oʻz-oʻzini baholashni oʻtkazish boʻyicha qoʻshimcha tavsiyalarni taqdim etadi. Bu jarayon har bir shahar uchun ustuvor yoʻnalishlarni belgilash va uning ehtiyojlarini hisobga olgan holda texnik yordamni shakllantirish imkonini beradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.