Mahalliy

Toshkent tsirkini rekonstruktsiya qilish va rivojlantirishga biznes jalb etiladi

Oʻzbekiston davlat tsirkini rekonstruktsiya qilish va rivojlantirishga yirik tadbirkorlarni jalb etish rejalashtirilmoqda. Savdo-sanoat palatasi rahbari va uning huzuridagi kengash aʼzolari anchadan beri taʼmirtalab boʻlib turgan binoning holatini koʻzdan kechirdilar. Tsirkni rivojlantirish rejasini ishlab chiqish uchun xorijiy kompaniyalar jalb etilishi mumkin.

Toshkent tsirkini rekonstruktsiya qilish va rivojlantirishga biznes jalb etiladi

Toshkentdagi Oʻzbekiston davlat tsirkini rekonstruktsiya qilish va rivojlantirishga yirik tadbirkorlarni jalb etish rejalashtirilmoqda, deyiladi xabarda.

Shu haftada, taʼmirlanishi zarurligi haqida koʻp yillardan beri gapirib kelinayotgan tsirkka SSP raisi Davron Vahobov va SSP huzuridagi jamoatchilik kengashi aʼzolari tashrif buyurdi.

Tsirk binosi 1965–1975 yillarda bunyod etilgan. Joriy yilda u Toshkent modernizm namunasi sifatida YUNESKO (Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti) Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan edi.

«Tsirkning hozirgi holati zudlik bilan choralar koʻrish zarurligini koʻrsatmoqda… Maqsad — tsirkka yangi hayot bagʻishlash. Buning uchun Savdo-sanoat palatasi va tadbirkorlar tsirkni qayta tiklash, modernizatsiya qilish hamda uni madaniy va turistik maskanga aylantirish uchun kuchlarni birlashtirmoqda», — deyiladi SSP xabarida.

Palata rahbari va jamoatchilik kengashi aʼzolari bino va infratuzilmaning holatini koʻzdan kechirdilar, shuningdek, zamonaviy talablarni inobatga olgan holda tsirk faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik subʼyektlarini jalb etish va obʼyektning turistik salohiyatidan samarali foydalanishni muhokama qildilar.

Tashrif buyuruvchilar va turistlar oqimini koʻpaytirish maqsadida 2500 oʻrinli doimiy koʻrgazma va madaniy-tomosha maydonchasini tashkil etish hamda tsirk atrofidagi hududni obodonlashtirish boʻyicha takliflar bildirildi.

Shuningdek, infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etish choralari ham koʻrib chiqildi — zamonaviy ventilyatsiya va isitish tizimlarini oʻrnatish, shuningdek, tom qismining yogʻingarchilikdan himoyasini kuchaytirish belgilandi.

Tsirkni rivojlantirishning kompleks texnik-iqtisodiy biznes-rejasini tayyorlash uchun Rossiya, Xitoy va Frantsiyadan xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb etish rejalashtirilmoqda. Binodagi barcha oʻzgarishlar Madaniy meros agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi, deyiladi xabarda.

2 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev «Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarini yanada rivojlantirishga doir keng koʻlamli chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmonni imzoladi. Hujjatda, xususan, tsirk sanʼatini yangi bosqichga koʻtarish koʻzda tutilgan va tsirk sanʼati hamda tomosha tadbirlari ijodiy birlashmasini tashkil etish maʼqullangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.