Mahalliy

Toshkent – Nukus tezyurar poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

Kelasi yil mart oyida Toshkent – Nukus tezyurar poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

Toshkent – Nukus tezyurar poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonning har bir tumanida aholi turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladigan loyihalar amalga oshirilayotganini taʼkidladi.

Boʻzatovda zamonaviy sanatoriy, Nukusda onkologiya va radiologiya markazi, Qoʻngʻirotda bolalar shifoxonasi va tugʻuruqxona ishga tushirildi. Amudaryo va Toʻrtkoʻlda har biri 2 ming oʻrinli amfiteatr, Nukus shahrida gimnastika markazi va Konservatoriya filiali foydalanishga topshirildi.

Osiyo taraqqiyot banki bilan 384 million dollar hisobiga A-380 magistral yoʻlining Qoʻngʻirotdan oʻtgan 240 kilometri toʻliq beton qoplamaga oʻtkazildi. Kecha yoʻlning Toʻrtkoʻl, Ellikqalʼa va Beruniydan oʻtgan yana 92 kilometrini qurish boshlandi. Mazkur loyihaning qiymati 233 million dollar.

Natijada tranzit 1,5 karra oshadi. Toʻrtkoʻlga kirgan yuklar Qozogʻiston chegarasiga bir sutka oʻrniga 10 soatda yetib boradi.

Kelasi yil mart oyidan Toshkent – Nukus tezyurar poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyilib, safar vaqti 16 soatdan 7 soatga qisqaradi.

«Tuyamuyin» suv tozalash inshootini rekonstruktsiya qilish va Qoʻngʻirotdan Moʻynoqqa 100 kilometr ichimlik suv tarmogʻini tortish boshlanadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.