Mahalliy

Toshkent masjidlarining sobiq imom-xatibi Odilxon Ismoilov bevosita sud zalida ozod qilindi

Namangan viloyat sudining apellyatsiya instantsiyasi Toshkent masjidlarining sobiq imom-xatibi Odilxon Ismoilovga berilgan haqiqiy ozodlikdan mahrum qilish jazosini uch yillik sinov muddati bilan shartli jazoga oʻzgartirdi. U 12 oktyabr kuni sud zalida ozod qilindi. Avvalroq u oʻzlashtirish, mansab soxtakorligi va hujjatlar bilan bogʻliq jinoyatlar boʻyicha ayblanib, sakkiz yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Jinoyat ishi Pop tuman sudi tomonidan koʻrib chiqilgandi. […]

Toshkent masjidlarining sobiq imom-xatibi Odilxon Ismoilov bevosita sud zalida ozodlikka chiqarildi

Namangan viloyat sudining apellyatsiya instantsiyasi Toshkent masjidlarining sobiq imom-xatibi Odilxon Ismoilovga berilgan haqiqiy ozodlikdan mahrum qilish jazosini uch yillik sinov muddati bilan shartli jazoga oʻzgartirdi. 12 oktyabr kuni u sud zalida ozod qilindi. Avvalroq unga oʻzlashtirish, mansab soxtakorligi va hujjatlar bilan bogʻliq jinoyatlar boʻyicha ayblov bilan sakkiz yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan edi.

Jinoyat ishini Pop tuman sudi koʻrib chiqqan. Uning hukmiga koʻra, yetti kishi Jinoyat kodeksining bir necha moddalari, jumladan, oʻzlashtirish yoki oʻzlashtirib yuborish, mansab soxtakorligi, shuningdek, hujjatlar bilan qonunga xilof harakatlar va ularni qalbakilashtirish boʻyicha aybdor deb topilgan.

Ismoilovga sakkiz yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Qolgan olti nafar sudlanuvchi turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan. Sud, shuningdek, yetkazilgan moddiy zararni mahkumlardan solidar tartibda undirishni hal qilgan.

Ishni qayta koʻrib chiqishda apellyatsiya instantsiyasi zararning bir qismi allaqachon qoplanganini, Ismoilovga tegishli boʻlgan mulk esa uning talabiga binoan bank balansiga qabul qilinganini inobatga oldi. Bundan tashqari, xatlangan mulk sotilib, tushgan mablagʻlar zararni qoplashga yoʻnaltirildi.

Yakunda Ismoilovga Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi boʻyicha tayinlangan jazo oʻzgarishsiz qoldirildi, ammo 72-moddaga asosan uch yillik sinov muddati bilan shartli deb topildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.