Mahalliy

Toshkent Botanika bog‘ida Formula 35 fan festivali bo‘lib o‘tadi

21-oktabr kuni Toshkent Botanika bog‘ida Formula 35 fan festivali bo‘lib o‘tadi. Tashrif buyuruvchilar kimyoviy tajribalarni kuzatishi, matematik va mantiqiy o‘yinlar, interaktiv tanlovlarda ishtirok etishi, kvest va viktorinalardan o‘tishi mumkin. Shu kuni Botanika bog‘iga kirish bepul bo‘ladi.

Toshkent Botanika bog‘ida 21-oktabr kuni Formula 35 fan festivali tashkil etiladi. Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan ushbu tadbirning maqsadi — o‘quvchilarda fanga qiziqishni kuchaytirish, ularni zamonaviy ilmiy yo‘nalishlar, innovatsion texnologiyalar va amaliy tadqiqot muhiti bilan tanishtirish, deya xabar bermoqda Fanlar akademiyasi.

Festival doirasida to‘qqizta interaktiv ilmiy hudud faoliyat ko‘rsatadi. Mehmonlar kimyoviy tajribalar o‘tkazishi, astronomik kuzatuvlarda qatnashishi, mantiqiy va matematik o‘yinlarda ishtirok etishi, shuningdek, tabiat, biologik olam va inson organizmi xususiyatlarini o‘rganishi mumkin.

Dasturda multimedia kvestlari hamda adabiy viktorinalar ham bor.

Interaktiv maydonchalar quyidagi vaqtlarda ishlaydi:

Formula 35 festivali kuni Botanika bog‘iga kirish bepul bo‘ladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.