Mahalliy

Chiqindi topshiring — keshbek oling: Toshkentda yangi fandomat taqdim etiladi

Toshkentda 23 sentyabr kuni plastik, shisha va alyuminiy idishlarni qabul qiluvchi fandomat taqdim etiladi. Saralangan chiqindilarni topshirganlik uchun foydalanuvchilar Click ilovasi orqali moddiy mukofot olishlari mumkin boʻladi. Fandomat Chiqindilarni boshqarish va tsirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan oʻrnatildi. Uskuna chiqindilarni alohida yigʻish va keyinchalik qayta ishlash uchun moʻljallangan. Taqdimot 23 sentyabr kuni soat 10:00 da Chilonzor tumanida boʻlib oʻtadi […]

Chiqindilarni topshiring — keshbek oling: Toshkentda yangi fandomat taqdim etiladi

23 sentyabr kuni Toshkentda plastik, shisha va alyuminiy idishlarni qabul qiladigan fandomat taqdimoti boʻlib oʻtadi. Saralangan chiqindilarni topshirganlik uchun foydalanuvchilar Click ilovasi orqali moddiy mukofot olishlari mumkin boʻladi.

Fandomat Chiqindilarni boshqarish va tsirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan oʻrnatildi. Ushbu uskuna chiqindilarni alohida yigʻish va keyinchalik qayta ishlash uchun moʻljallangan.

Taqdimot 23 sentyabr kuni soat 10:00 da Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasi, 7A-uy manzilida boʻlib oʻtadi. Fandomat Milliy ekologiya qoʻmitasi binosi oldida joylashtirilgan.

Loyiha tashabbuskorlari chiqindilarni saralashga koʻproq aholini jalb qilish va aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishni kutishmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.